Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma'lum qildi.
Quyida 50 yoshdan oshgan ayollar uchun tavsiya qilinadigan asosiy tibbiy tekshiruvlar haqida maʼlumot keltirilgan.
1.Кўкрак bezi saratoni skriningi.
Koʻkrak bezi saratonini oʻz vaqtida aniqlash juda muhim. Shu bois 50 yoshdan oshgan ayollar uchun har yili bir marta mammografiya tekshiruvidan oʻtish tavsiya etiladi. Agar oilada koʻkrak bezi saratoni bilan ogʻriganlar boʻlsa, bu tekshiruvni tez-tez oʻtkazish kerak.
2. Bachadon boʻyni saratoni skriningi.
Ushbu tekshiruv oʻlim darajasi yuqori boʻlgan eng xavfli kasalliklardan biri — bachadon boʻyni saratonini erta aniqlashga yordam beradi. Biroq ayrim ayollar bu tekshiruvni eʼtiborsiz qoldiradi.
Qaygʻuli oqibatlar koʻpincha bemorlar oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon boʻyni oʻsmalarini tashxislash uchun qoʻllaniladi.
3.Остеопороз diagnostikasi.
Menopauza boshlanishi bilan ayollarda osteoporoz (suyaklarning moʻrt boʻlishi) xavfi ortadi. Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini oʻlchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan oʻtib turish foydali.
4.Қон bosimi nazorati.
Menopauza va u bilan bogʻliq oʻzgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida boʻlmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.
5.Тўлиқ gormonal tekshiruv.
Estrogen va testosteron yillar davomida oʻzgarib turadigan asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya faoliyati, ishtaha, tana harorati va boshqalarga taʼsir qilishi mumkin.
6.Қонда shakar va xolesterin miqdorini aniqlash.
Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa qandli diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu koʻpincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi.
Yomon xolesterin (LDL) uchun oʻz vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi boʻlgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.
7.Кўз va eshitish tekshiruvlari.
Koʻz va eshitish qobiliyatini saqlash uchun oftalmolog va otorinolaringolog koʻrigidan oʻtib turish zarur. Koʻrish va eshitish darajasida oʻzgarishlar aniqlansa, tezda mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.