Qayd etilishicha, vazirlik qoshida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning oʻz vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika boʻyicha yagona 1203 raqamli “Ishonch telefoni“ faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Agar sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bogʻliq holatlarga duch kelsangiz, 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli “Ishonch telefoni“ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin, — deyiladi xabarda.
Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi va maʼlumotlarning sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi.
Bundan tashqari, fuqarolar oʻz murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yoʻllashi mumkin:
— vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy Telegram boti;
— vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi “1003” qisqa raqamli “Sall-markaz”.