Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi. Sir emas, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli asossiz, hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma maʼlumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilmoqda.

Bu esa, oʻz navbatida, keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga, baʼzi hollarda esa ortiqcha sarosimalarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilayotgani haqidagi yuqorida keltirilgan axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan boʻlib, hech qanday rasmiy asosga ega emas.

Shu bois vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmasliklarini, vaksinatsiya jarayonlari bilan bogʻliq eng toʻgʻri maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuzhttps://t.me/ssvmatbuotkotibi sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.

Unutmang, bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati.