Kelishuvga koʻra, Turkiya Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza Xitoyda ishlab chiqariluvchi “Sinovak” vaksinasi, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlarini doʻstlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuboradi.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga koʻra, bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan mamlakatimizning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev, qardosh davlat nomidan esa sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Xalil Eldemir imzoladi.
Mamlakatimizda hozirda 5 ta turdagi:
AstraZeneca,
ZF-UZ-VAC2001,
“Sputnik V”,
Moderna,
Pfizer/BioNTech vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha yurtimizda emlash jarayonlarida 22 433 729 doza vaksina qoʻllanilgan boʻlib, 5,1 million nafardan ortiq aholi virusga qarshi toʻliq emlandi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati