Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu yongʻinga gaz quvurlarining nosozligi tufayli xonaga gaz toʻplanishi va buning oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga oldi, deya xabar beradi Vazirlik Matbuot xizmati.

Xususan, yongʻin natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi boʻlib, ularning  10 nafari reanimatsiya boʻlimida davo mulojalarini olmoqda.