Buni Space nashri qayd etdi.
19-dekabr kuni Starlink sun'iy yo'ldoshlaridan biri g'ayritabiiy holatga tushib ketgani va boshqaruvni yo'qotgani ma'lum bo'ldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, SpaceX Vantor kompaniyasiga murojaat qilib, shikastlangan uskunani suratga olishni so'ragan. Vantor o'zining WorldView-3 qurilmasi bilan Ilon Maskga tegishli kompaniyaning sun'iy yo'ldoshi orbitadan qulayotganini suratga olishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar berdi lenta.ru.
“Bizning jamoamiz Yerning tashqarisidan tasvirga olish texnologiyasining kengaytirilgan imkoniyatlaridan foydalandi”, dedi Vantor vakili Todd Surdey. Sun'iy yo'ldosh Alyaska ustidan uchib o'tayotganda, taxminan 250 kilometr masofada shikastlangan Starlink uskunasini suratga olishga erishdi.
Materialda aytilishicha, suratga asoslanib, SpaceX sun'iy yo'ldosh holatini baholay olgan. “Qo'shimcha ma'lumotlar oz miqdorda kuzatilishi mumkin bo'lgan qoldiqlar mavjudligini ko'rsatadi”, dedi Starlink vakili Maykl Nikolls. Keyinroq SpaceXda ta'kidlanganidek, qulab tushgan sun'iy yo'ldosh Xalqaro koinot stansiyaga xavf tug'dirmaydi. U Yer atmosferasiga kirib, parchalanishi kerak.