Bu haqda RBK-Ukraina Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bayonotiga tayanib xabar berdi.
“Yaqinda Yevropada natsizm ustidan qozonilgan g'alabaning 80 yilligi bo'ladi va Amerika va Buyuk Britaniya tinchlikka erishish uchun yonma-yon turishgan. Endi esa biz Ukrainadagi urushni to'xtatish tarafdorimiz”, deya ta'kidladi Bosh vazir.
U AQShga urushni to'xtatish bo'yicha yondashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi va bu Ukraina va butun dunyoda yaxshi qabul qilinadigan kelishuv bo'lishi kerakligini ta'kidladi.
“AQSh bu kelishuvni qo'llab-quvvatlash uchun samolyot va qurol-yarog' bilan ta'minlashi mumkin. Faqat shu yo'l bilan tinchlik davom etadi. Biz Putinga bu urushni qayta boshlash imkoniyatini bermaymiz. Yevropa yetakchilari bu borada bizni qo'llab-quvvatlamoqda”, dedi Starmer.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniya Bosh vaziri uning mamlakati hamma narsaga tayyorligini, jumladan, “harbiy xizmatchilaridan tinchlikparvar sifatida foydalanishni, chunki bu tinchlikka olib boradigan yagona yo'l” ekanini ta'kidladi.
“Men Yevropa yetakchilari bilan yaqindan hamkorlik qilyapman va Buyuk Britaniya ittifoqchilarimiz bilan birgalikda kelishuvni qo'llab-quvvatlash uchun quruqlikdagi qo'shinlari yuborish va samolyotlari havoga ko'tarishga tayyorligini aniq aytaman, chunki bu tinchlik barqaror bo'lishining yagona yo'li”, deya qo'shimcha qildi u.
27-fevral kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuv o'tkazdi. Siyosatchilar, xususan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini muhokama qilishdi, deb xabar beradi rbc.ua.
Suhbat chog'ida Tramp AQSh Ukraina va Rossiya bilan “yaxshi muzokaralar” olib borganini ta'kidladi. Buning sharofati bilan, uning so'zlariga ko'ra, tinchlik kelishuvi masalasida sezilarli muvaffaqiyatlar bor.