Starmer: Yaqin Sharqdagi mojaroning yechimi ikki davlat tamoyiliga asoslanishi kerak

    Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Kir Starmer o'zining isroillik hamkasbi Benyamin Netanyaxu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan telefon orqali suhbatlar chog'ida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.

    Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vazirining idorasi bayonotida aytiladi.

    “Bosh vazir Starmer Isroilning Livan bilan shimoliy chegarasidagi vaziyat katta tashvish uyg'otayotganini va barcha tomonlar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerakligini aytdi”, deyiladi xabarda.

    Starmer, shuningdek, “tahdidlarning oldini olish uchun London Isroil bilan hamkorlikni davom ettirishi”ni ma'lum qildi.

    Starmer G'azo sektoridagi vaziyat haqida gapirar ekan, “o't ochishni to'xtatish, garovga olinganlarni qaytarish va tinch aholiga yetkaziladigan gumanitar yordam hajmini oshirish” zarurligiga ishora qildi. Uning qo'shimcha qilishicha, Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyiliga asoslanishi kerak, deb xabar beradi report.az.