Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

1) quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:

  • faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7-yilgacha;
  • kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;
  • inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;
  • raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;
  • startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;

2) startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.