Startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi

    Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.

    Tadbirkorlikni dastlabki bosqichda – startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi.

    Joriy yil startaplarga ilk bor 134 million dollar investitsiya kirib keldi. Bu sohada faoliyatini noldan boshlab, aylanmasini 10 million dollardan oshirgan 50 dan ziyod mahalliy kompaniya paydo boʻldi.

    Shu bois, startaplarni “oyoqqa turgʻazish” uchun venchur jamgʻarmalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamgʻarma tashkil qiladi.

    Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.

    Umuman, bu sohaga 50 million dollar yoʻnaltiriladi.