Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʼzbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln. АQSH dollariga teng boʼlgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. 

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʼzbekiston eng koʼp baliq va dengiz mahsulotlarini  import qilgan davlatlar: 

- Rossiya – 980 tonna;

- Vьetnam – 541 tonna;

- Litva – 254,3 tonna;

- Qozogʼiston – 250,4 tonna;

- Norvegiya – 117 tonna;

- Latviya – 19,5 tonna;

- Frantsiya – 1,9 tonna.