Statistika agentligi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Unga muvofiq,

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi;

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisidagi nizom;

    Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi tarkibi va uning nizomi tasdiqlandi.

    2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida, tegishli birlamchi maʼlumotlar Statistika agentligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimidan mustaqil ravishda olinadi.

    Qarorda:

    yil yakuniga qadar “Rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksi” uslubiyotini ishlab chiqish;

    yil 1-martga qadar foydalanuvchilar oʻrtasida tegishli soʻrovlar oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish;

    yil 1-aprelga qadar rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini yaxshilash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda keyingi yildan boshlab har yili 1-martda tegishli soʻrov natijalarini eʼlon qilib borish belgilab berilgan.

    Qaroga muvofiq, Statistika agentligi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

    Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika maʼlumotlarini tayyorlash va ularni eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan statistika maʼlumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida eʼlon qilinadi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Statistika agentligiga boʻysunadi.