Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur portal rasmiy statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga qulay ko‘rinishda taqdim etish maqsadida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan maʼlumot va metamaʼlumotlarni elektron almashinishning SDMX standarti talablarini to‘liq inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar joylashtirildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ko‘rsatkichlarni 5 xil formatda yuklab olish hamda integratsiya yo‘li bilan tizimga ulanish yo‘lga qo‘yildi.