Stiv Jobsning profili 222 ming dollarga sotildi

    Apple asoschisi Stiv Jobs imzosi bilan ishga kirish uchun qoʻlda yozilgan ariza 222 400 AQSH dollariga kim oshdi savdosiga qoʻyildi, deb yozadi, AppleInsider internet nashri.

    Ishga qabul qilishlarini soʻrab yozilgan bu noyob ariza bir oy davom etgan Charterfields auksionida 24-fevral kuni sotuvga qoʻyildi. Jobs bu arizani 1973-yilda Rid kollejini tashlagandan soʻng, ish joylashish umidida yozgan. Hujjatda Jobs oʻzining “adabiy ingliz tilini” bilishini keltirgan, nafaqat kompyuter va kalkulyator mahoratini, balki ularning dizaynlari va texnologiyalarini tushunishini ham eslatib oʻtgan.

    Shuningdek, u elektron texnologiyalarga qiziqishi va dizayn muhandisi sifatida ishlash istagini bildiradi. Bir yil oʻtgach, Stiv Jobs Atari kompaniyasiga texnik sifatida ishga qabul qilinadi va u yerda elektron muhandis, dasturchi Stiv Voznyak bilan birga ishlaydi. Ular birgalikda 1976-yilda Apple kompaniyasiga asos solishdi.

    Nashr hujjatning juda yaxshi holatda saqlanganini maʼlum qilgan. Unda yengil dogʻlar va tepada eski shaffof lentaning izi koʻzga tashlanadi. Ariza shaklining haqiqiyligini isbotlash uchun unga xatlar va sertifikatlar ilova qilinadi.

    Stiv Jobs 2011-yil 5-oktyabrda 56 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan.