Yaqin yillargacha xususiy klinikalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish ishonib bo'lmas voqea edi. Bugun esa ko'plab noyob texnologiyali muolaja usullari ushbu tibbiyot muassasalarida muvaffaqiyatli bajarilyapti.

Xususan:

 kattalar va bolalar urologiyasi;

 interventsion kardiologiya;

 endoprotez amaliyotlari;

 endoskopik ginekologiya;

 oftal`mologiya;

 tibbiy radiologiya va raqamli rentgen;

 klinik-biokimyo laborator tekshiruvlari
 kabi yo'nalishlarda o'tkazilayotgan amaliyotlarning 50 foizdan ortig'i aynan xususiy tibbiyot hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Shuningdek, qator tibbiy ixtisosliklar bo'yicha yuqori texnologiyali muolaja usullari va umuman xususiy tibbiyotning ushbu xizmatlardagi ulushi allaqachon davlat tibbiyot muassasalarinikidan ortib ketgan.

Bular:

 oftal`mologiya va operativ oftal`mologiya — 60 foiz;

 LOR va endoskopik LOR — 70 foiz;

 stomatologiya — 90 foiz.

 Buning natijasida bugun xususiy tibbiyot sektorining umumiy sog'liqni saqlashdagi ulushi 30 foizni tashkil qilmoqda.