Eʼtiborli jihati, har ikki dasturda bokschilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻalabaga erishdi.

Jumladan, kunduzgi dastur doirasida 71 kilogramm vazn toifasida kechgan “derbi”da Saidjamshid Jaʼfarov ustun keldi. Qolgan hamyurtlarimiz ham katta ustunlik bilan keyingi davraga yoʻl olishdi.

-57 kg: Abdumalik Xalakov – Jin Kaysedo (Ekvador) 5:0,
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev – Dzimitri Dziashkevich (Yevropa boks konfederatsiyasi) 5:0,
-63.5 kg: Mujbillo Tursunov – Lasha Gagnidze (Gruziya) 5:0,
-71 kg: Nurislom Ismoilov – Islam Yusuf (Jazoir) 5:0,
-71 kg: Saidjamshid Jaʼfarov – Iqboljon Xoldorov 5:0.

Bokschilarimiz kechki dasturdan oʻrin olgan janglarni ham muvaffaqiyatki oʻtkazib, gʻalabali yurishlarini davom ettirdi.

-54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Dilan Igleson (Irlandiya) 5:0,
-54 kg: Shahzod Muzaffarov – Pablo de Jezush (Braziliya) 5:0,
-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev – Markos Mafaud (Argentina) 5:0,
-67 kg: Behzod Hamidov – Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi,
-80 kg: Odiljon Aslonov – Vanderley Pereyra (Braziliya) 5:0,
-86 kg: Shohjahon Abdullayev – Kristian Dimitrov (Bolgariya) 5:0,
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Mishel Erpelding (Lyuksemburg) 5:0.