Reportning xabar berishicha, bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qilgan.

“Bunga javoban ko‘plab namoyishchilar o‘zlarini ko‘cha mebellari yoki boshqa buyumlar bilan qurollantirib, politsiyaga tashlamoqda”, deb ta’kidladi kanal.

Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, bugun turli shaharlarda kamida 150 kishi hibsga olingan.

Prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, Essonda 53 nafar yosh hibsga olingan. Ushbu operatsiyalar davomida o‘n olti nafar politsiya xodimi va bitta jandarm jarohat olgan.

“Ular mushakbozlik, minomyot snaryadlari, turli xil metall qurilmalar va yonuvchi qurilmalar nishoniga aylanishdi”, deb qayd etdi nashr.

Bugun davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli 400 dan ortiq maktab va boshqa ta’lim muassasalari yopilishi kutilmoqda, deb xabar berdi report.az.