Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Namangan viloyati hududiy dasturiga muvofiq Namangan shahrida “Street Workout” boʻyicha viloyat birinchiligi tashkil etildi. Viloyatning Chust tumanida tashkil etilgan musobaqada har bir tumandan 2 nafardan, jami 24 nafar yoshlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.
Musobaqada uyushmagan yoshlar bilan bir qatorda oliy taʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchi va talabalari ham ishtirok etdi. Bellashuvlar yakuniga koʻra statika, dinamika va texnika yoʻnalishlarida kuch sinashgan yoshlar ichida toʻraqoʻrgʻonlik Sardorbek Pirmatov 1-oʻrinni egallab, Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
“Street Workout” boʻyicha Respublika final bosqichi shu yilning dekabr oyining soʻnggi oʻn kunligida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.