Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, laboratoriya sichqonlarining miyasi stress ostida ichaklarga signal yuboradi. Bu yallig'lanish va g'ayritabiiy immunitet reaksiyasini oldini oladigan ma'lum bir turdagi bakteriyalarni yo'q qilinishiga olib keladi.

So'nggi o'n yilliklarda olimlar turli organlar bir-biri bilan ilgari tasavvur qilinganidan ko'ra ko'proq o'zaro ta'sir qilishini aniqlashdi. Bunday aloqalardan biri miya va ichak o'rtasida aniqlandi. Shunday qilib, stress ostida miya bu holatni yengishga yordam beradigan gormonlar ishlab chiqarishni faollashtiradi. Ammo u yallig'lanishli ichak kasalliklarini ham qo'zg'atishi mumkin.

Yangi tadqiqot mualliflari asosiy e'tiborni ingichka ichak devorlarida joylashgan Brunner bezlariga qaratishdi. Ularning asosiy vazifasi shilimshiq ishlab chiqarish ekanligi taxmin qilindi. Ammo ularda ko'p sonli nerv hujayralari ham mavjud edi. Olimlar ular muhimroq rol o'ynashi mumkinligini taxmin qilishdi.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, bezlarni olib tashlash organizmning bakterial infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, yallig'lanish va immun kimyoviy moddalar haddan tashqari ko'p bo'ladi.

Bezlarni olib tashlash, shuningdek, ichaklarni qoplaydigan oqsilni hosil qiluvchi bakteriyalarga ham ta'sir qildi. Bu qatlam ichakdagi  keraksiz moddalarining qon oqimiga kirishiga to'sqinlik qiladi. Uning mavjud bo'lmasligi immunitet reaksiyasiga va yallig'lanishga olib keladi.

Tadqiqot guruhi bezlardagi nerv hujayralari to'g'ridan-to'g'ri vagus nervi bilan bog'langanligini aniqlashdi, bu esa miyaning stressga javob berishda ishtirok etadigan qismi bo'lgan amigdalaga olib keladi. Sog'lom Brunner bezlari bo'lgan sichqonlarni stressga duchor qilish bezlarni olib tashlash bilan bir xil ta'sir ko'rsatdi, deya xabar beradi mir24.tv.