Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari va Jalaquduq tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul shaxslari oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam taʼminlangan va ishsiz fuqarolar nomiga subsidiya mablagʻlarini ajratish orqali “X.b.” kooperativiga 111,5 mln soʻm oʻtkazishib, amalda fuqarolarga hech qanday mahsulot yetkazmasdan yoki xizmat koʻrsatmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.