Maʼlumki, oʻtgan yilning 2-oktabr kuni Indoneziya chempionati doirasidagi “Arema” – “Persebaya” oʻyini fojia bilan yakunlangan edi. Uchrashuvda 2:3 hisobida yutqazgan “Arema” muxlislari maydonga chiqib, gʻalayon koʻtarishgandi.
Politsiya odamlarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgani va stadionda tiqilinch yuzaga kelishi natijasida 174 nafar odam halok boʻlgandi, 180 nafar kishi jarohatlangandi.
Indoneziya sudi ushbu fojia boʻyicha ishni koʻrib chiqdi va oʻyin tashkilotchisini 1,5 yilga qamoq jazosiga hukm qildi.
Shuningdek, stadion xavfsizlik xizmati boshligʻi ham bir yil qamoqda oʻtiradigan boʻldi. Bundan tashqari, bir necha politsiyachiga ham jazoga tortildi.