баннер
30 Mar 2025
13:57

    Sud-huquq sohasidagi islohotlar samarasi

    “2017-2021: Sud- huquq sohasidagi islohotlar samarasi” risolasi chop etildi.

    O'zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi tashabbusi bilan “2017-2021: Sud- huquq sohasidagi islohotlar samarasi” risolasi chop etildi. Risolada o'tgan qisqa davrda tizimda amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari haqida so'z yuritiladi. e'tiborlisi, to'plam quruq ma'ruzalardan holi, natijalar aniq raqam, fakt va taqqoslar orqali geometrik va grafik dizayn shaklida o'quvchiga havola etiladi. Bu esa amalga oshirilgan islohotlar haqida keng tasavvur hosil qilish imkoniyatni taqdim etadi.

    Risola AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik” qo'shma loyihasi bilan hamkorlikda bepul tarqatish uchun nashr etilgan.

    To'plam keng ommaga mo'ljallangan.

    Risolaning elektron nusxasi bilan Sud`yalar oliy kengashi veb-saytida tanishish mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech