Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, qarzdor ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish xukukiga ega.
Mablagʻlarini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga toʻliq yoki qisman pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir.
Kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.
Kafolat mablagʻlarini kiritish quyidagi hollarda qoʻllanadi:
- ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
- davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda.
Kafolat mablagʻlari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:
- ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda;
- ijro hujjati amalda ijro etilganda.