Oʻtkazilgan sayyor qabullarda 15 ta jinoyat, 12 ta fuqarolik, 6 iqtisodiy, 8 ta ommaviy huquqiy munosabatlarga doir ishlar boʻyicha maʼmuriy sudlarga oid masalalarda jami 41 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi.

Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini taʼminlash uchun tumandagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi.

Qabulda jarayonida Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan 5 nafar shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Namangan viloyat sudi jamoatchilik
va OAV bilan aloqalar boʻlimi