баннер
30 Mar 2025
13:28

    Sud tomonidan "prava"dan mahrum qilingan shaxslar profilaktik hisobga olinadi

    Deputatlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi.

    Ushbu qonun loyihasi esa tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga nisbatan davlat himoyasini ta’minlash amaliyotini kengaytirishni nazarda tutadi.

    Loyiha bilan profilaktik hisobga qo‘yiladigan shaxslar doirasi amaldagi 6 toifadan 3 toifaga, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun profilaktik hisobga olinayotgan moddalar 28 tadan 12 taga kamaytirilib, hozirda zaruriy hisoblangan qo‘shimcha 2 ta holat bilan to‘ldirilmoqda.

    Xususan, oilaviy zo‘ravonlik sodir etganligi uchun MJtKning 59-2-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan hamda sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi uchun sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslarni profilaktik hisobga olinadigan shaxslar qatoriga kiritish nazarda tutilyapti.

    Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida ayrim toifadagi shaxslarga ularning ayblilik masalasi hal etilmasdan turib huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech