Deyarli barcha chizmalarda qoramollar tasvirlangan. Bu rasmlar “yashil” Sahroi Kabir davrida yashagan qadimgi chorvadorlar tomonidan chizilgan, deb taxmin qilinmoqda.
Zamonaviy Sudan hududida mahalliy ko'chmanchilar 8-7 ming yil oldin chorvachilik bilan shug'ullana boshlagan. Olimlarning fikricha, ular bu amaliyotni shimoliy qo'shnilari, Misr va Yaqin Sharq xalqlaridan o'zlashtirgan.
Ammo taxminan 3 ming yil oldin iqlim keskin o'zgara boshladi. Ko'llar va daryolar qurib, yaylovlarni qum yutib yubordi. Mahalliy qabilalar boshqa hududlarga, xususan, Nil vodiysiga ko'chib o'tgan, deb xabar beradi mir24.tv.