баннер
8 Apr 2025
10:05

    Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi, oqibatida kamida 19 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Sudanning Omdurman shahrida (Xartum viloyati) Sudan armiyasiga tegishli harbiy samolyotining qulab tushishi oqibatida kamida 19 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo'lgan, samolyot mahalliy aviabazadan ko'tarilganidan ko'p o'tmay turar-joy hududiga qulagan. Halokat qurbonlari orasida ekipaj a'zolari va bortda bo'lgan Sudan harbiy xizmatchilari, shuningdek, samolyot qulagan turar-joy binosida bo'lgan tinch aholi vakillari bor. Qutqaruvchilar halokat joyidagi vayronalarni tozalashda davom etmoqda.

    Qayd etilishicha, halok bo'lganlar orasida Sudanda taniqli brigada generali, Xartum harbiy okrugining sobiq qo'mondoni Bahar Ahmad ham bor, deb xabar beradi report.az.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech