Sudanda ko'chki oqibatida mingdan ortiq odam halok bo'ldi

    “Sudan ozodlik armiyasi” harakati ko'chkida mingdan ortiq odam halok bo'lganini ma'lum qildi.

    Faqat bir kishi tirik qoldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

    Tabiiy ofat Sudan g'arbidagi Marra tog'lari hududidagi qishloqni vayron qildi. Agentlikning qo'shimcha qilishicha, ko'chki o'tgan yakshanba kuni kuchli yomg'irdan keyin sodir bo'lgan, deb xabar berdi kommersant.ru.