Bu haqda Agence France-Presse agentligiga mahalliy shifoxona shifokorlari orasidagi manba ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, yaradorlarni tibbiyot muassasasiga olib borish davom etmoqda, biroq shifoxona barcha jabrlanganlarga yordam ko'rsatish uchun yetarli ishchi kuchi va mablag'ga ega emas. Reuters agentligi Sog'liqni saqlash vazirligiga tayanib, 158 kishi yaralanganini xabar qilmoqda.
Shanba kungi otishma guvohlarining AFP agentligiga aytishicha, dronlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan artilleriya o'qlari 2023-yil aprelidan beri hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan “Tezkor harakat kuchlari” harbiylashtirilgan guruhi nazorati ostidagi Omdurmanning g'arbiy hududidan yo'llangan.
“Raketalar sabzavot bozori o'rtasiga qulab tushgan, shuning uchun qurbonlar va yaradorlar ko'p”, dedi hujumdan omon qolganlardan biri.
Qayd etilishicha, Sudandagi urush oqibatida o'n minglab odam halok bo'ldi, 12 milliondan ortiq sudanlik o'z uyini tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Qator hududlarda, xususan g'arbiy Darfur mintaqasida ocharchilik kuzatilmoqda, deb xabar beradi report.az.









