Yarashilganligi munosabati bilan 94 886 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi.
Koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarning aksariyatini mayda bezorilik, avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, haqorat qilish, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish, transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, transport vositalarini mast holda boshqarish va sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar tashkil etadi.
Apellyatsiya tartibida 9 899 nafar shaxsga nisbatan 8 297 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi. 2 581 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2 945 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.
Kassatsiya tartibida 7 124 nafar shaxsga nisbatan 6 657 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi. 2 644 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 863 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 1 919 nafar shaxsga nisbatan 1 769 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi. 359 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 464 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.









