O'zbekiston Sudoche ko'llar tizimini xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan suv-botqoq hududi sifatida belgiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Bu haqda “Ramsar” konventsiyasi rasmiy saytida maqola chop etilgan. Unda Sudoch`ening 1960 yillarda dunyodagi to'rtinchi yirik ko'l hisoblangan Orol dengizining ko'rfazi bo'lganligi ta'kidlangan. Shuningdek, ko'l hududida zich qamishzorlar, butalar, sho'rxoklar va saksovullar mavjudligi, qolaversa, yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan hayvonlar yashashi qayd etilgan. Nashrda, shuningdek, qurg'oqchilik Sudoch`e oldida turgan asosiy muammolardan biri sifatida ta'kidlangan.
Ma'lumot uchun, Sudoche joriy yilning may oyida xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan “Ramsar” suv-botqoq erlari ro'yxatiga kiritilgan O'zbekistonning 4-obyektiga aylandi. Bunga qadar, Dengizko'l 2001-yilda, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi 2008-yilda va To'dako'l hamda Quymazor suv omborlari 2020-yilda “Ramsar” ro'yxatidan joy olgan.