Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sudya yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan ayolning nomidan Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga daʼvo arizasi kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ayolning sobiq turmush oʻrtogʻiga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 500 dollar talab qilgan.
Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 3 mln 800 ming soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda sudya katta yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.