Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi

    Senatning 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan

    ▫️Kukiyev Muzaffar Zafarovich — besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga;

    ▫️Azizov Xudoyqul Tojiyevich;

    ▫️Gafurov Askarjon Boyisovich;

    ▫️Xashimxonov Ahrorxon Muminovich besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylandi.

    ▪️Qahramon Uljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimidan ozod qilindi.