Sudyalar oliy maktabining arxiv xodimi pora bilan ushlandi

    Voqea-hodisalar 14 Aprel 2025 830

    Mazkur holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.

    Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, Sudyalar oliy maktabining arxiv mudiri lavozimida (0.5 stavkada) ishlab kelgan A. S. muqaddam sudlangan shaxsga nisbatan qoʻllanilgan jazoning muayyan huquqdan mahrum qilish qismini tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.

    Biroq ayrim xabarlardagi qoʻlga olingan shaxs ushbu muassasa mansabdori va uning jinoiy xatti-harakatlari xizmat vazifasi bilan bogʻliq ekaniga oid taʼkidlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, — deyiladi xabarda.