Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,  YATT S.J. va fuqaro O.X.lar, “A.I.” MCHJ shaklidagi sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida agentlik bitimlarini tuzishga erishib, qatʼiy hisobda turuvchi 2 473 dona sugʻurta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan jami 120,6 mln soʻmni MCHJ hisob raqamiga oʻtkazmasdan oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.