Tadbirda YATT “S.X.” fuqaro O.X. bilan til biriktirib, “A” sugʻurta kompaniyasining bosh ofisi tomonidan unga ishonib topshirilgan 1 583 dona sugʻurta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan jami 114,8 mln soʻmni kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.