U Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan.
Qonun loyihasi Prezidentning 02.08.2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4412-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi - majburiy sugʻurta turlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularning umumiy tamoyillarini belgilashdan iborat. Loyiha Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan.
Qonun loyihasi 39 ta moddadan iborat, ular sugʻurtaning quyidagi jihatlarini ochib berish va tartibga solishga qaratilgan:
- asosiy tushunchalar;
- majburiy sugʻurta turlari va uning asosiy tamoyillari;
- majburiy sugʻurta turlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari;
- majburiy sugʻurta turlarini amalga oshirish shartlari va tartibi;
- majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish;
- zararlar (ziyon, shikast)ni kompensatsiya qilishni kafolatlash mexanizmlari;
- majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish ustidan nazorat qilish;
- majburiy sugʻurta turlari boʻyicha yagona axborot tizimini shakllantirish va yuritish;
- majburiy sugʻurta fondini shakllantirish;
- majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta taʼriflarini davlat tomonidan tartibga solish.
Bunda shuni inobatga olish lozimki, baʼzi majburiy sugʻurta turlari boʻyicha aniq qonunlar mavjud:
- “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”;
- “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”;
- “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”,
ularda majburiy sugʻurtaning mazkur sohalarida munosabatlarni tartibga solish normalari va mexanizmlari yozilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Bahodir Qayumov.