O'zbek milliy kino san'ati haftaligi” doirasida “O'zbekkino” MA va “Tatarkino” bilan hamkorlikda “Buxoriylar” MCHJ tomonidan suratga olingan “Sumbul” fil`mining katta prem`erasi bo'lib o'tdi.
Prem`era avvalida YOshlar ijod saroyining katta zalida tatar millati vakillari musiqali chiqishlarini taqdim etishdi. SHundan so'ng, “Sumbul” fil`mi ijodkorlari sahnaga taklif etilib, fil`m haqidagi taassurotlarini gapirib berishdi.
Mazkur fil`m drama janrida bo'lib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolg'on muhabbatga aldanishi, qalb iztiroblari va keyinchalik, o'z baxtini topishi yo'lidagi voqealar tasvirlangan.
Fil`m stsenariy mualliflari Rashid Malikov, Iffat Kamaliev, rejissyorlar Ramil` Fazliev, Rashid Malikov. Aktyorlar Sabina Asanova, eldar Haydarov, Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva.
"O'zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati