Hozirda sun'iy intellekt va dipfeyk kun sayin rivojlanib bormoqda. Mazkur vositalar yordamida yaratilgan bolalar ovozi hatto u o'z ota-onasi farqlay olmas darajada real chiqmoqda. Bunga faqat gapirish toni, ovoz chastotasini mohirlik bilan dasturlash orqaligina erishish mumkin.
Bundan tashqari, akkaunt egasining soxtalashtirilgan foto surati orqali Face ID bilan himoyalangan tizimni buzib kirishga erishmoqda, deydi raqamlashtirish bo'yicha ekspert. Bir tomondan, bular ko'z ko'rib quloq eshitmagan holat bo'lib tuyulsa-da, biroq bu “innovatsiyalar” jinoyatchilar uchun allaqachon oson boyish manbai bo'lib ulgurdi.
Mutaxassisning aytishicha, sun'iy intellektning ushbu firibgarliklari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda moliyaviy nazoratga mas'ullar uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi lozim.
O'tgan yili, garchi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish ishlariga rekord darajada mablag' ajratilganiga qaramay AQSH iste'molchilari 8.8 mlrd AQSH dollari mablag' yo'qotishgan. Bu esa mazkur ko'rsatkich 2021-yilga nisbatan 44 foiz ko'p, degani.
Ota-onalarga sun'iy intellekt yordamida o'z bolalarining ovozi va tasvirini klonlashtirish orqali firibgarlar mo'may pul topmoqda. Bunda firibgarlar shaxslarning ijtimoiy tarmog'i yoki elektron pochtasidagi mavjud audio yozuvlarini yuklab olib, sun`iy intellekt yordamida bolalarning ovozini sintez qilib, ota-onalarini chuv tushirmoqda.
COVID-19 cheklovlari dunyo bo'ylab onlayn-benking rivojlanishini tezlashtirdi. Telefonlar va noutbuklar bank filiallaridagi yuzma-yuz muloqot o'rnini egalladi. Bu bir tomondan banklar va ularning mijozlariga bir qator yengilliklar keltirgan bo'lsa, boshqa tomondan firibgarlikning raqamli usullariga yo'l ochib berdi.
Global miqyosda kiberjinoyatlarga sarflangan xarajatlar bu yil 8 trillion AQSH dollariga etdi. Mazkur ko'rsatkich dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyotga ega bo'lgan Yaponiya YAIMidan ortiq sanaladi. Cybersecurity Ventures tadqiqotlariga ko'ra, 2025-yilga kelib mazkur ko'rsatkich 10,5 trillion dollarga yetishi, o'n yil ichida uch barobardan ortishi mumkin.









