Uchrashuvda bugungi kunda dunyo miqyosida sunʼiy intellekt rivojlanib borayotgani taʼkidlanib, Oʻzbekistondagi mavjud ekologik dolzarb muammolarni hal qilishda ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.
Maʼlumot uchun: Samara universiteti sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish va amalga oshirish boʻyicha katta tajriba toʻplagan taʼlim dargohlaridan biri hisoblanadi. Sunʼiy intellekt instituti ham Samara universitetining koʻplab boʻlimlari va institutlari bilan faol hamkorlik qiladi, shuningdek, mijozlarning talab-ehtiyojidan kelib chiqib, innovatsion ilmiy-amaliy yechimlar ishlab beradi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston sharoitida sunʼiy intellektni daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishda qoʻllash boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, yosh innovatorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalarning taqdimoti ham boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.










