“Odatda odamda 9000 ga yaqin bunday mutatsiyalar mavjud bo'lib, ular zararsiz bo'lishi yoki turli kasalliklarni, jumladan, mukovistsidoz yoki saraton kabi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bugungi kunga qadar to'rt millionga yaqin ana shunday mutatsiyalar aniqlangan, ammo ularning atigi 2 foizi kasallik kelib chiqishiga sabab bo'ladi. “Jami 71 millionta mutatsiyalar mavjud va AlphaMissense platformasi ularni tahlil qilib, 89 foizini 90 foiz aniqlik bilan bashorat qilishga muvaffaq bo'ldi”, deb ta'kidladi olimlar.
Har bir mutatsiyaga uning potensial xavfini ko'rsatuvchi ball beriladi, deb xabar beradi korrespondent.net.