Sun'iy intellekt mikroplastiklarning tuproqqa salbiy ta'sirini baholadi

    Plastik chiqindilar tobora global ekologik muammoga aylanib bormoqda.

    Tabiiy muhitda mahsulotlar mikroplastiklarga – 5 millimetrdan kichik o'lchamdagi zarrachalarga bo'linadi, ular butun dunyo ekotizimlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mikroplastiklar nisbatan yangi hodisa bo'lganligi sababli, ularning tabiatga ta'sirining oqibatlari hali yaxshi tushunilmagan.

    Xalqaro olimlar guruhi mikroplastiklarning tuproqqa yetkazadigan zararini baholashdi. Bunda ular mashinani o'rganish algoritmlaridan foydalanishdi.

    Natijalar shuni ko'rsatdiki, mikroplastiklarning hajmi, shakli va miqdori tuproq xususiyatlarini sezilarli darajada o'zgartirdi. Asosiy omil zarracha hajmi bo'lib chiqdi. Tadqiqotda tuproqning kimyoviy tarkibida sezilarli o'zgarishlar aniqlandi.

    Bundan tashqari, o'simliklar mikroplastiklarni o'zlashtira oldi. Shu tariqa, zarrachalar oziq-ovqat zanjirlariga qo'shilib, inson organizmiga kirishi mumkin.

    Olimlar tuproqning plastik vositasida ifloslanishi “atrof-muhit va salomatlik uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi” degan xulosaga kelishdi, deya xabar beradi mir24.tv.