Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko'ra, gipertoniya dunyo bo'ylab har to'rt kishidan birining hayotiga tahdid soladi. Klick Labs olimlari yuqori qon bosimini tashxislash uchun yuzlab vokal biomarkerlardan foydalanadigan neyrotarmoqni yaratishdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, gipertoniya mavjudligini ko'rsatishi mumkin bo'lgan ko'pchilik biomarkerlarni quloq bilan tanib bo'lmaydi. Kompaniya vakili Yan Fossatning so'zlariga ko'ra, neyrotarmoq bemorning jinsiga qarab bashoratli modellar yaratishni ham o'rgandi.
Tajriba doirasida 245 nafar bemor ikki hafta davomida, kuniga olti martagacha ovozlarini yozib olishdi va ularni shaxsiy dasturga yuborishdi. Olimlar ishlab chiqqan model yuqori qon bosimini ayollarda 84 foiz, erkaklarda 77 foiz aniqlik bilan aniqlashga qodirligi ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.
Klick Labs tadqiqotchi olimi Jeysi Kaufman shunday dedi: “Ovoz texnologiyasi sog'liqni saqlashni yanada qulayroq va arzonroq qilish orqali yaxshilash imkoniyatiga ega. Unga ko'ra, neyrotarmoq gipertoniyadan tashqari qandli diabet va boshqa kasalliklarni aniqlash imkoniyatiga ega bo'ladi.