Bu haqda Zamon.uz sayti xorijiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Tahlilchilarning fikricha, ChatGPT kabi tizimlar mehnat unumdorligini yiliga 1,4 foizgacha oshiradi. Dunyo boʻylab firmalarning kamida yarmi sunʼiy intellekt texnologiyalariga oʻtgandan soʻng taxminan 10 yil ichida dunyo yalpi ichki mahsuloti 7 foizga oshadi.
Shuningdek, tahlilchilar AQSHdagi har 10 ishchidan yetti nafari oʻz ishida sunʼiy intellekt taʼsiriga uchrashini qoʻshimcha qilgan. Biroq faqat bir nechtasigina ishini tamomila yoʻqotishi mumkin. Sunʼiy intellekt koʻproq ofis ishchilari va yuridik xodimlar oʻrnini bosishi kutilyapti.