Neyrotarmoqni GPT-3 til modelida tuzish va bilimlar o‘rgatish jarayonida kuniga 700 000 litr suv ketdi. Bu 5 ming odamdan iborat bir qishloq aholisining kundalik iste’moliga tengdir.
Chat-botga suvning nima aloqasi bor, deysizmi? Gap shundaki, ko‘p ishlaganidan qizib ketgan va zo‘riqqan serverni sovitib olish uchun toza ichimlik suvi talab etiladi. Kuniga millionlab odam unga savol berish bilan band ekan, server bor kuchini berib ishlamoqda. U bir kunda sarflagan suv Teslaning 320 ta mashinasini ishlab chiqarishga yetadi. Binobarin, shu yil fevral oyi hisobiga ko‘ra, ChatGPTga bir kunda 13 millionta (soniyasiga 150 ta) odam tashrif buyuradi.
ChatGPTni o‘rgatishning o‘zi 1300 MVt/s quvvat talab qildi. Bu yiliga 200 nafar insonning iste’molidagi miqdordir. Boshqacha aytganda - shuncha elektr energiyasi bilan Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga 550 marta elektromobilda borib kelish mumkin.
Sun’iy intellekt tarmoqlarining resurslarga bo‘lgan talabi yil sayin o‘sib borishi aniq. Bundan ekologiyaga qanday ta’sir o‘tkazilishi jiddiy mushohadalarni talab qiladi.