YEI Kengashi rasmiy saytida xabar berilishicha, qonun 21-may kuni maʼqullangan.
Yangi qonun sunʼiy intellektga asoslangan turli xil tizimlarni xavfiga qarab tasniflaydi. Cheklangan xavfga ega sunʼiy intellekt tizimlari “juda oddiy” shaffoflik talablariga boʻysunadi. Yuqori xavfli sunʼiy intellekt tizimlari Yevropa Ittifoqi bozoriga kirish uchun bir qator majburiyatlarni bajarishi kerak boʻladi.
Fuqarolar huquqlariga tahdid soladigan baʼzi SI ilovalari taqiqlanadi. Xususan, biometrik identifikatsiya tizimlari, “ijtimoiy reyting” tizimlari, shuningdek, inson xatti-harakatlarini boshqaradigan yoki odamlarning zaif tomonlaridan foydalanadigan sunʼiy intellektlar taqiqlanadi.
Endi hujjat YEI Kengashi va Yevroparlament rahbarlari tomonidan imzolanishi kerak, shundan soʻng u taxminan bir oydan keyin kuchga kiradi. YEI mamlakatlariga undan foydalanishga tayyorgarlik koʻrish uchun ikki yil vaqt beriladi.