Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sun’iy intellekt yangi ekzosayyorani protoplanetar disklar — yosh yulduzlar atrofidagi gaz bulutlarining izlari orqali topishga muvaffaq bo‘lgan. Bunday yondashuv avvallari an’anaviy usullar yordamida aniqlash imkonsiz bo‘lgan samoviy jismlarni kashf etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilar qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni bir necha bor tekshirib ko‘rib, disk atrofida haqiqatdan ham yangi paydo bo‘lgan ekzosayyoraga xos belgilar bor ekanligini tasdiqlashgan.

“Tadqiqotlar sun’iy intellektdan yangi paydo bo‘lgan sayyoralarni izlash uchun foydalanish mumkin ekanligini tasdiqladi”, — deydi astronomlar.

Tadqiqot mualliflarining aytishlaricha, sun’iy intellekt odamlar ko‘zdan qochirishi mumkin bo‘lgan muhim ma’lumotlarni aniqlay oladi. Bu esa katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda qo‘l keladi.