Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Statistika organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yil 1-yanvardan quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etiladi:

  • hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sunʼiy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;
  • foydalanuvchilarga statistik maʼlumotlarni tez izlab topishga koʻmaklashuvchi “Tahlilchi” sunʼiy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;
  • statistik kuzatuvlarni telefon yordamida oʻtkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati.

2025/2026 oʻquv yilidan Milliy statistika qoʻmitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi.

2025-yil 1-iyuldan YATTlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni ular shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshiriladi.