Sun'iy intellekt tomonidan boshqariladigan robot 29 ta havaskor stol tennischisidan 13 nafarini mag'lub etdi.
DeepMind robotga tennis o'ynash san'atini o'rgatish uchun ikki bosqichli yondashuvdan foydalandi. Dastlab tizim o'yinni komp`yuterdan foydalangan holda o'zlashtirdi. Shundan so'ng olingan ko'nikmalar haqiqiy o'yinlarda qo'llanildi.
Robot ikkita kamera yordamida o'yinni, shuningdek, raqiblarning o'yin uslubini aniqlash uchun harakatlarini kuzatib boradi. Qabul qilingan ma'lumotlar to'planadi va uzluksiz fikr-mulohazalar tufayli robotga o'yin taktikasini yaxshilash imkonini beradi. O'yin amaliyoti qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellektga asoslangan “sportchi”-robotning “mahorati” oshib boradi, deb xabar beradi techcult.ru.