Super-kontrakt boʻyicha ariza topshirishning soʻnggi muddati maʼlum qilindi

    Ta'lim 18 Sentabr 2021 3561

    2021/2022-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha arizalar topshirishning soʻnggi muddati 2021-yil 1-oktyabr kuni etib belgilandi. 

    Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim axborot xizmati xabar berdi.

    Kirish imtihonlari natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktyabriga qadar tegishli oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari mumkin.